Samarqand — jahonning eng qadimiy shaharlaridan biridir. O’tmishning shoirlari va tarixchilari uni chinakam «Sharq jannatmakon bog’i», «Er yuzi», «Sharq olamining bebaho durdonasi», «Jahon mamlakatlarning bezagi» kabi go’zal o’xshatishlarni bejiz bag’ishlamagan edilar.
Buxoroga borib, shu qadimiy shaharni ko’rgan kishilarning barchasi minoralarning tepalaridagi g’alati ko’rinishdagi «qalpoqlarga» e’tibor bergan bo’lsalar kerak. Bular laylak uyalaridir. Umidning timsoli bo’lgan bu oppoq qushlar shaharning ramzi, uning barqarorligi va sadoqatining ham ramzi bo’la oladi.
Xiva — muzey-shahar, lekin Rim shahri kabi aholi yashaydigan shahardir. Sharqning ko’pgina shaharlari kabi Xiva Amudaryoning quyi oqimida joylashgan Xeyvak nomli suv havzasi yonida barpo etilgan bo’lib, Xorazm vohasining sug’oriladigan yerlarida rivojlanib kelgan.
Shahrisabz — Amir Temur shahri, bu yerda hamma narsa u yoki bu tarzda uning nomi bilan bog’liq. Bu yerda uning otasi Muhammad Tarag’ay va ma’naviy ustozi Shamsiddin Kulol ko’milganlar, bu yerda uning katta o’g’illari Jahongir Mirzo va Umarshayx Mirzolar go’ri joylashgan.
«Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu — tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tug'ulib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi».
Islom Karimov.
Assalomu alaykum hurmatli mehmonlar!
O'zbekistonning tarixiy obidalari web saytiga xush kelibsiz. Bu web saytida mamlakatimizdagi barcha tarixiy shaharlar va tarixiy obidalar to'g'risida eng to'liq va ishonchli ma'lumotlarni topish mumkin. Shu bilan birga yurtimizning qadimiy va muqaddas qadamjolar haqida ham ma'lumot olishingiz mumkin.